Nurmagomedovning sport maktabida tintuvlar o‘tkazildi

Nurmagomedovning sport maktabida tintuvlar o‘tkazildi

28 iyun, juma kuni Dog‘istonda Abdulmannob Nurmagomedov nomidagi aralash yakkakurash sport klubida Mahachqal’a va Derbentda sodir etilgan teraktlar ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazildi, deb xabar berdi Rossiya axborot agentliklari va Telegram-kanallari.

«Interfaks» huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berishicha, hujjatlar tekshirilmoqda. «Yo‘q qilingan jangchilardan biri avval ushbu klubda shug‘ullangan», dedi agentlik manbasi. TASS manbasining xabar berishicha, Mahachqal’adagi yakkakurash maktabida «tezkor-qidiruv tadbirlari» o‘tkazilmoqda. Qo‘lga olinganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, dedi u.

Shot’ga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Dog‘istondagi teraktlar ishtirokchisi Gajimurod Kagirov bilan yaqin aloqada bo‘lgan va yaqin orada so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan uch nafar maktab jangchisini aniqlagan. Maktab bosh murabbiyi va boshqa sportchilar so‘roq qilingan, hujjatlari tekshirilgan, dedi kanal manbasi.

Xavfsizlik kuchlari Nurmagomedov nomidagi klubni ketma-ket ikkinchi kun tekshirmoqda, deb yozadi Mash. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun oldin ular mashg‘ulotlarni tark etayotgan sportchilarning hujjatlari va telefonlarini tekshirib, teraktdan oldin Kagirov bilan kim muloqot qilganini so‘rashgan. Shuningdek, polisiya yaqin atrofdagi muassasalar va sport zallarini o‘rab oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!