Nukus shahridagi eng katta aylanma nega buzib tashlanyapti?

Nukus shahridagi eng katta aylanma nega buzib tashlanyapti?

Nukus shahridagi eng katta, To‘rtko‘l guzari bilan "Qoraqalpog‘iston" ko‘chasini biri-biri bilan bog‘lovchi  aylanma  buzilyapti. 

"KRuz.uz" bu haqida ma’lumot olish uchun o‘sha aylanmadagi ishlar bilan tanishdi. 

Bu yerda ishlayotgan xodimlarning bizga ma’lum qilishicha, aylanma buzilib uning o‘rniga yangi katta chorraha qurilishi rejalashtirilgan ekan. 

" - Bu aylanmaning o‘rnida yangi katta chorraha quriladi. Ko‘rib turgan aylanmangiz Nukusdagi eng katta va mashinlar gavjum joyda joylashgan. Avvallari bu yerda juda ko‘p tirbandliklar bo‘lardi. Shuning uchun bu aylanma buzilib, o‘rniga mashinalar qatnoqvini tartibga soluvchi katta chorraha quriladi. Chorraha markazida bir necha sfetoforlar har o‘rnatiladi." - deydi, bu yerdagi qurilish ishlarini olib borayotgan xodimlarning biri.

Qurilish xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, chorraha yaqin bir-ikki oy ichida ishga tushishi mukin ekan.

Manba: kruz. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!