Norvegiyada millionerning rafiqasi o‘g‘irlab ketildi va uni qaytarish uchun kriptovalyutada pul talab qilindi

Norvegiyada millionerning rafiqasi o‘g‘irlab ketildi va uni qaytarish uchun kriptovalyutada pul talab qilindi

Norvegiyaning Aftenposten gazetasi 9 yanvar kuni mamlakatning eng boy kishilaridan biri Tom Xagenning rafiqasi Anna-Elizabet Falkevikning o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi. Ayol o‘tgan yilning oktyabr oyida yo‘qolgan, biroq polisiya o‘g‘rilarni cho‘chitmaslik uchun bu axborotni ikki oy davomida oshkor qilmagan. Bu haqda TJournal xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilar 68 yoshli ayolning ozod qilinishi uchun kriptovalyutada to‘qqiz million yevro talab qilgan. Biroq tergovchilar ular bilan hamkorlik qilishni istamagan.

Ayol 31 oktyabrda g‘oyib bo‘lgan. U o‘g‘irlab ketilgan uyda Monero dagi hisobraqamga ma’lum summani o‘tkazishni talab qilib, xat qoldirilgan. Monero foydalanuvchilarning anonimligiga yuqori darajada e’tibor qaratiladigan kriptovalyuta hisoblanadi. Ayolni ozod qilish uchun so‘ralgan mablag‘ning aniq summasi noma’lum, biroq turli OAVlar summani to‘qqiz million yevro deb xabar bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!