Nikaragua AQSh elchisi etib tayinlangan shaxsning mamlakatga kirishini taqiqladi

Nikaragua AQSh elchisi etib tayinlangan shaxsning mamlakatga kirishini taqiqladi

Nikaragua hukumati AQShning yangi tayinlangan elchisi Ugo Rodrigesning mamlakatga kirishini taqiqlashga qaror qildi.

Bu haqda Lotin Amerikasi mamlakati tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Bunday qarorga Rodrigesning Nikaraguaga nisbatan dushmanona bayonotlari sabab bo‘ldi.

“Senatning Tashqi aloqalar qo‘mitasida ma’qullash bo‘yicha tinglovda xalqaro huquq tamoyillari, BMT Nizomi va Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini e’tiborsiz qoldirib, mamlakatimizga nisbatan hurmasiz bayonotlar bilan chiqdi... Nikaragua hukumati o‘zining vakolatlari va milliy suverenitetni himoya qilish, arizachi Ugo Rodrigesga berilgan mamlakatga kirish ruxsatini darhol bekor qiladi ", - deyiladi bayonotda.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Nikaraguaning ikki tomonlama munosabatlarga yondashuvini qadrlashini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!