Nigeriyada Lassa isitmasidan vafot etganlar soni 163 nafarga yetdi

Nigeriyada Lassa isitmasidan vafot etganlar soni 163 nafarga yetdi

O‘limga olib keladigan kasallik Nigeriyaning 34 shtatida, jumladan, poytaxt Abujada ham tarqaldi, deb yozadi Anadolu.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, halokatli kasallikdan o‘lganlar soni 163 nafarga yetgan.

Nigeriya hukumati kasallikni davolash uchun 3 ta dori aniqlanganini aytdi.

O‘tgan yili Nigeriyada Lassa isitmasi bilan kasallangan 1227 ta holat aniqlangan, ulardan 219 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Lassa isitmasi birinchi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida aniqlangan.

Nigeriya hukumati o‘tgan yilning fevral oyida Lassa isitmasi sababli favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Lassa isitmasi kalamushlar va sichqonlar tomonidan tarqaladi. Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga o‘tadi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Mamlakat hukumati odamlarni ehtiyot choralari va gigiyena me’yorlariga rioya qilishga chaqirdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!