Navoiyda tikuvxona bahonasida bankdan olingan kredit pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi

Navoiyda tikuvxona bahonasida bankdan olingan kredit pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi

“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ba’zi bir niyati buzuqlarning xayolini oldi. Zarafshonlik J.A ham ikki-uchta yakka tadbirkorlar bilan til biriktirib tikuvxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish bahonasida AT “Xalq banki” Zarafshon shahar filialidan 196 mln so‘m kredit mablag‘larini chiqarishga erishdi. Shundan 70 mln so‘m pullarga “xo‘ja ko‘rsin uchun” tikuv mashinalar sotib olib, qolgan 126 mln so‘mni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishdi.

Mazkur holat yuzasidan J.A va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!