Samarqandda Damas bosib ketgan 11 yashar qizchaning bir oyog‘i kesib tashlandi (VIDEO +18)

Samarqandda Damas bosib ketgan 11 yashar qizchaning bir oyog‘i kesib tashlandi (VIDEO +18)

Samarqandning Past Darg‘om tumanida Damas maktab o‘quvchisini urib yuborgani aks etgan video tarqalgandi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozadi bugun.uz.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil 31 mart kuni soat 11:30 lar atrofida Pastdarg‘om tumani «Boltali» mahallasida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 2013 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda voyaga yetmagan piyoda olgan tan jarohatlari bilan kasalxonada davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266- moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1- qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda piyodalarga va maktab bolalariga e’tiborli bo‘lgan holda harakatlanishini so‘rab qolamiz!», — deyiladi xabarda.

Jurnalist Shokirjonov qizaloq bir umrga nogiron bo‘lib qolganini, uning bir oyog‘i kesib tashlanganini aytdi.

«Ana shunday holatlarning har biri oshkora ko‘rsatilib, videolari tarqatilib avtoterroristlarga qat’iy chora ko‘rilmas, bunday qoidabuzar haydovchilar umrbod haydovchilik huquqidan mahrum etilmas ekan — bolalarimizning yo‘llarda qurbon va nogiron bo‘lishi tugamaydi», — deydi jurnalist.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!