Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari O‘zbekiston avtomobil bozorining aprel oyi yakunlarini sarhisob qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari O‘zbekiston avtomobil bozorining aprel oyi yakunlarini sarhisob qildi

Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 19%ga kamayib, 88,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.

⏺Engil avtomobillarning birlamchi bozorida pasayish dinamikasi kuzatilmoqda. Biroq, aprel oyida ushbu segmentning pasayishi sekinlashdi, oy davomida sotuvlar mart oyidagi 17%ga nisbatan 10%ga pasayish bilan deyarli 20 mingta avtomobilni tashkil etdi.

⏺Engil avtomobillar ikkilamchi bozori 21,2%ga qisqardi. Aprel oyida ro‘yxatga olingan avtomobillar soni qariyb 59 mingtani tashkil etdi.

⏺Xorijiy yengil avtomobillar bozori 15,3%ga kamaydi. Aprel oyida jami 2 mingta xorijiy avtomobil sotilgan.

⏺Elektromobillar bozori aprel oyida yuqori savdo ko‘rsatkichlarini namoyish qildi. Aprel oyida yengil elektromobillar sotuvi 2,9 mingtani tashkil etdi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 23,2%ga ko‘proq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!