Ukraina asosiy afzalliklarini saqlab qoladi

Ukraina asosiy afzalliklarini saqlab qoladi

AQSh davlat departamenti Rossiya Xarkov viloyatida qandaydir muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tan oldi, lekin katta yutuqlarni kutmaydi, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Vedant Patel.

U Rossiyaning mamlakat sharqidagi yangi hujum operasiyalari qarshisida Ukraina harbiylarining jangovar samaradorligiga ishonch bildirdi.

«Biz Rossiya Xarkov viloyatida oldinga siljishga harakat qilishini kutamiz va yaqin haftalarda u yangi muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Ammo biz katta yutuqlarni kutmayapmiz va vaqt o‘tishi bilan Amerika yordamining qo‘shimcha oqimi va hamkorlarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi Ukrainaga bunday tajovuzga qarshi turishda davom etish imkonini beradi», — dedi Patel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!