Havaskor MMA Osiyo o‘yinlariga kiritildi

Havaskor MMA Osiyo o‘yinlariga kiritildi

Ma’lumki, yurtimizda MMA assosiasiyasi rasman ish boshlaganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq hozirda O‘zbekiston aralash jang san’ati ustalari jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Xoh u havaskor yo‘nalishda bo‘lsin, xoh professional yo‘nalishda hamyurtlarimiz Osiyo chempionatlari, jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Endilikdan boshlab, havaskor MMA yopiq inshootlar ostida bo‘lib o‘tuvchi Osiyo o‘yinlariga qo‘shildi. Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi 11 mart kuni o‘zining rasmiy saytida Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) ma’lumotlarini yangilagandi va 41 ta rasmiy musobaqa ro‘yxatida aralash yakkakurashlar yo‘q edi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Osiyo o‘yinlari 2026 yilning 19 sentyabridan 4 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!