"Navbahor" Babayan bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi

"Navbahor" Babayan bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi

"Navbahor" Samvel Babayan bilan xayrlashdi.

Bu haqida "lochinlar" rasmiy sayti e’lon qildi.

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayanning sog‘ligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois, "Navbahor" klubi rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan, Samvel Babayanning klub bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilindi.

Biz Samvel Vyacheslavovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, tezroq shifo topishi, keyingi faoliyatida esa omad yor bo‘lishini tilaymiz" - deyiladi "Navbahor" saytida e’lon qilingan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!