Naqd pul tushumi va inkassasiya xizmati: O‘zbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Naqd pul tushumi va inkassasiya xizmati: O‘zbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

“2018 yil 1 noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassasiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassasiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassasiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassasiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

- yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan prezident farmonida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!