Namanganda dahshatli YTH: bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi (foto)

Namanganda dahshatli YTH: bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi (foto)

2019 yil 26 mart kuni soat 07.00 atrofida Pop tumani hududidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 25-kilometrida ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Daryo ga Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chust tumani Munchoqtepa mahallasida yashovchi SH.D Lacetti rusumli mashinani boshqarib kelayotganida qarshisidan harakatlanib kelayotgan Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi S.E. boshqaruvidagi Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisining oila a’zolari onasi, akasi, turmush o‘rtog‘i, qizi va yana bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Lacetti haydovchisi hamda Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib, Pop tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

27 mart kuni soat 11:00 atrofida Namangan Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 6-kilometrida, Rovut mahallasi hududida Isuzu avtobusi yo‘lning qatnov qismiga chiqqan piyoda, shu mahallada yashagan 59-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan Z. M.ni urib yubordi.

Buning oqibatida o‘quvchi tan jarohati olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Yuqoridagi ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!