Nahotki! Besh soat ichida qirqdan ziyod zilzila ro‘y berdi

Nahotki! Besh soat ichida qirqdan ziyod zilzila ro‘y berdi

Meksikaning janubiy viloyatlarida seysmik faollik o‘sib bormoqda.

Payshanba kunining o‘zida besh soat ichida Oaxaka shtatida 42 ta seysmik holat qayd etildi. Bu haqda Meksika Milliy Meteorologiya xizmati xabar bermoqda.

Zilzilaning kuchi 1,9 dan 4,4 gachani tashkil etdi. Vayronalar yoki yo‘qotishlar haqida ma’lumot yo‘q. Ushbu haftaning boshida mamlakatning Tinch okeani qirg‘oqlari bo‘ylab hududlarda 12 soat ichida 60 ga yaqin zilzila qayd etilgandi, ulardan 37 tasi Oaxaka shahriga to‘g‘ri keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!