Myanma Bangladeshdan rohinjalarni Myanma fuqarosi deb atamaslikni talab qildi

Myanma Bangladeshdan rohinjalarni Myanma fuqarosi deb atamaslikni talab qildi

Myanma Bangladeshni o‘z hududidagi qochqin rohinja musulmonlarini Myanma fuqarolari deb atamaslikka chaqirdi.

“Anadolu” bilan suhbatda Bangladeshning rasmiy Rohinjalar qochqinlariga yordam berish qo‘mitasi a’zosi Muhammad Abdulkalom Neypido (Myanma poytaxti) “hijrat qilgan Myanma fuqarolari” sifatini o‘zgartirishimizni talab qilyapti. “Biz ularni “Arakondan ko‘chib kelgan shaxslar” deb atashimizni talab qilyapti”, degan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 25 avgustidan buyon Myanma hukumati va buddaviy ekstremistlar Arakon viloyatidagi rohinjalarga nisbatan genosid uyushtirib keladi. Natijada 700 mingdan ortiq kishi qo‘shni Bangladesh hududiga ko‘chib o‘tgan. Ularning 60 foizini bolalar tashkil etadi. Bu zo‘ravonliklarda 9 mingtacha rohinja o‘ldirilgan. Siyosiy tahlilchilar bu holatga musulmonlarni himoya qiladigan musulmon davlatning yo‘qligini sabab qilib keltiradilar.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!