«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi uzoq muddatga qamaldi

«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi uzoq muddatga qamaldi

Turk aktyori Adnan Koch 16 yilu 8 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Cumhuriyet» xabar bermoqda.

"Muhtasham yuz yil" seriali yulduzi bir qator jinoyatlarda aybdor deb topildi. Bular orasida polisiyaga qarshilik ko‘rsatish, garovga olish, qasddan jismoniy shikastlash va noqonuniy qurol saqlash kabilar bor.

Aktyor va yana besh gumondor 2018 yil mart oyida giyohvandlikka qarshi operasiya paytida hibsga olingan. Ta’kidlanishicha, ular qarshilik ko‘rsatishgan va polisiya xodimlarini garovga olishgan, ulardan oltitasi jarohatlangan. Bundan tashqari, aktyor noqonuniy moddalarni ishlatganligini ko‘rsatuvchi dalillarni yo‘q qilishga harakat qilgan.

Adnan Koch "Muhtasham yuz yil" serialida Bahrom posho rolini ijro etgan va shu orqali tanilgan. 38 yoshli aktyor, shuningdek, "Sharq-g‘arb", "Hikoyalar mamlakati", "Sigin 3", "Sigin 4" va "Sigin 6" kabi teleseriallar va filmlarda rol o‘ynagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!