Muhammad alayhissalomga muhabbat

A A A
Muhammad alayhissalomga muhabbat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rish haqida so‘z ketar ekan, avvalo bu muhabbat, iymon taqozosi ekani ta’kidlanadi. Chunki u zotni yaxshi ko‘rmaguncha, yaxshi ko‘rganda ham barcha insonlardan ko‘ra yaxshi ko‘rmaguncha kishi iymon ta’mini tota olmaydi. Bu haqida u zotning o‘zlari bunday xabar berganlar:

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لاَ يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَلَدِهِ وَوَالِدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz toki men unga bolasidan, otasidan va barcha insonlardan sevikli bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘la olmaydi”, dedilar”. Muslim rivoyat qilgan.

Dunyoda hech bir inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamchalik yaxshi ko‘rilib, maqtov bilan yod etilmagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning doimiy maqtalgan, ulug‘lanib madh etilgan zot ekanlari Muhammad deb nomlanishlarida ham o‘z aksini topgan. U zotni Alloh taoloning O‘zi ulug‘lab madh etgan, farishtalar ham, payg‘ambarlar ham madh etganlar, u zotni tanigan insonlar doimo u zotni maqtab madh etib kelganlar. Chunki u zotning sifatlari do‘stu dushman hammaning huzurida eng maqtovli sifatlar bo‘lgan.

Ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatni ikki darajaga ajratganlar:

Farz darajadagi muhabbat;
Fazilat darajadagi muhabbat.

Farz darajadagi muhabbat deganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy bilan bildirilgan barcha hukmlarni rozi bo‘lib, ulug‘lab va to‘liq taslim bo‘lib, qabul qilish tushuniladi. Ya’ni, u zot keltirgan barcha shar’iy hukmlarini muhabbat bilan qabul qilish, har bir mo‘min kishiga farz hisoblanadi.

Fazilat darajadagi muhabbatda esa, barcha ishlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib yashashni yaxshi ko‘rish tushuniladi. Ya’ni, yeyish-ichish, kiyinish, muomala va hokazo hayotning har bir jabhasida u zotning ko‘rsatmalarini o‘rnak qilib yashashga muhabbatli bo‘lish, har bir mo‘min kishi uchun ulug‘ fazilat bo‘ladi.

Ma’lumki kishi “La ilaha illalloh Muhammadun Rasululloh” (Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad alayhissalom Allohning elchisidir) deyish bilan musulmonga aylanadi. Muhammad alayhissalomni Allohning elchisi deb e’tirof etishning o‘zi u zotning buyruqlariga bo‘ysunishni, bergan xabarlarini tasdiqlashni, Allohga u zotning ko‘rsatmalariga ko‘ra ibodat qilishni taqozo qiladi. Shu ma’noda u zotni yaxshi ko‘rib ulug‘lash, ibodat hisoblanadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni haqiqiy tanish orqali u zotga nisbatan qalbda muhabbat yuzaga keladi. Shu muhabbat tufayli kishi u zotni hamma insonlardan yaxshi ko‘radigan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eng yaqindan tanigan zotlar, ya’ni sahobalar u zotni ulug‘lab yaxshi ko‘rishda ham boshqalarga namuna bo‘lganlar.

“Sharhu shifo” asarida quyidagi rivoyat keltirilgan:

Ali roziyallohu anhudan Rasulullohga bo‘lgan muhabbatlaringiz qandoq edi, deb so‘rashganlarida u zot: “Allohga qasamki, u zot bizga mollarimizdan ham, bolalarimizdan ham, otalarimizdan ham, onalarimizdan ham, chanqoq kishiga salqin suvdan ham mahbubroq edilar”, deya javob berganlar.

Ibn Kasir rohmatullohi alayhning “al-Bidaya van-Nihaya” asarlarida quyidagi rivoyat keltirilgan: “Mushriklar asirga tushgan Zayd ibn Dasina roziyallohu anhuni o‘ldirish uchun haramdan tashqariga olib chiqdilar. Shunda Sufyon ibn Harb u zotdan: ey Zayd sendan Alloh nomi bilan so‘rayman hozir sening o‘rninga Muhammad bo‘lib biz uni o‘ldirishimizni , sen esa uyingda bo‘lib qolishni xohlaysanmi, dedi. U zotning javoblari bunday bo‘ldi: “Allohga qasam ichib aytamanki, Muhammad alayhissalom hozir o‘z o‘rinlarida bo‘lib u zotga aziyat beradigan bir tikan qadalishi evaziga ham uyimda o‘tirgan bo‘lishimni istamayman”.

Bu gapni eshitgan Abu Sufyon: “Muhammadning sahobalari uni yaxshi ko‘rganlaridek, biror insonning birovni yaxshi ko‘rganini uchratmaganman”, degan.

Ha, Muhammad alayhissalom ana shunday yaxshi ko‘rilishga haqli zotdirlar.

Ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rish va u zotni ulug‘lashni umumiy sakkiz turga ajratganlar:

Muhammad alayhissalomni barcha insonlardan afzal bilish

Ya’ni, har bir musulmon kishi Muhammad alayhissalomni insoniyatning eng afzali, deb e’tiqod qilishi lozim.

Muhammad alayhissalom haqlarida doimo odobga rioya qilish

Nabiy alayhissalom haqlarida odobga rioya qilish, deganda asosan quyidagi ko‘rsatmalarni yaxshi ko‘rib bajarish tushuniladi:

a) Muhammad alayhissalomga doimo salavot va salom aytib yurish. Qur’oni karimda u zotga salavot va salom aytishga buyruq kelgan:

إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

“Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring” ("Ahzob" surasi, 56-oyat).

Ulamolar umr davomida bir marta salavot va salom aytish farzligi ushbu oyat bilan sobit bo‘lganini, ammo u zotning nomlari zikr qilingan paytda, yo har bir majlisda, yo adadga cheklamasdan doimiy ravishda salavot va salom aytib yurish vojibligi hadislar bilan sobit bo‘lganini aytganlar. Salavot aytishning ahamiyati haqida u zotning o‘zlari bunday deganlar:

عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: رَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَىَّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uning oldida men yodga olinganimda menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalsin”, dedilar”.  Termiziy rivoyat qilgan.

E’tibor beradigan bo‘lsak, tashahhudda, xutbada, janoza namozida, azondan keyin, duo qilayotgan paytda va hakozo ko‘plab ibodatlarda u zotni ulug‘lab salavot aytish joriy qilingan.

b) Muhammad alayhissalomni ko‘proq yodga olishga harakat qilish. Muhammad alayhissalomni ko‘proq yodga olish insonlarga u zotning sunnatlarini ta’lim berish martabalari va haqlarini bildirish kabi ishlar bilan amalga oshiriladi.

v) Muhammad alayhissalomning nomlarini hamisha hurmat bilan tilga olish.  Ya’ni, u zotning ismlarini aytishda, doimo payg‘ambarliklarini ifodalovchi nabiy yo rasul sifatlari bilan birga aytish kerak.

g) Muhammad alayhissalomning masjidlariga alohida hurmat ko‘rsatish. Ya’ni, u zotning masjidlarida, qabrlarining yonida shovqin-suron qilmaslik va baland ovozda gapirmaslik lozim bo‘ladi.

d) Muhammad alayhissalomning shaharlari Madinai munavvaraga alohida hurmat ko‘rsatish. Ya’ni, Madinai munavvarada yashovchilarga va unga kirgan barcha musofirlarga Muhammad alayhissalomning shaharlari hurmatini saqlash vojib bo‘ladi.

e) Muhammad alayhissalomning hadislarini ulug‘lash. Hadisi shariflarni aytayotgan vaqtda yoki eshitish paytida Rasulullohning so‘zlarini ulug‘lash va ularga hurmat ko‘rsatish deganda asosan quyidagi ishlarga rioya etish tushuniladi:

Hadislarni o‘rganishda xolis Alloh roziligini ko‘zlash;
Hadislarni yoyib savob olishni umid qilish;
Eshitgan hadislariga amal qilish;
Hadisi shariflarni rivoyat qilishda viqor bilan o‘tirish;
Hadis darslari uchun alohida xushbo‘ylanish.
Demak har bir mo‘min va mo‘mina Muhammad alayhissalom haqlarida ushbu odoblarga rioya qilishi lozimdir.

U zotning bergan xabarlarini tasdiqlash

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ulug‘lash turlaridan yana biri u zotning xabarlarini tasdiqlashdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bergan xabarlarini tasdiqlash va u zotni yolg‘on gapirishdan pok, deb bilish iymon ruknlaridan hisoblanadi.

U zotning ko‘rsatmalariga ergashish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatli bo‘lish  u zotning fe’llari va so‘zlariga ergashishni taqozo qiladi. Zero u zotga ergashish iymonning asli ekani va juda ulkan baxtu-saodatga sabab bo‘lishi Qur’oni karimda quyidagicha bayon qilingan:

قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ

“Sen: “Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladir!, deb ayt” ("Oli Imron" surasi, 31-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalariga ergashish aslida u zotga bo‘lgan muhabbatning samarsi hisoblanadi. Chunki muhabbat itoatni taqozo qiladi. Bu haqida hikmatli she’rlardan birida bunday deyilgan:

تعصي الإله و أنت تظهر حبه        هذا محال في الفعال بديع

لو كان حبك صادقا لأطعته إن المحب لمن يحب مطيع

Da’voying muhabbat, qilmishing isyon
Ko‘rdim bu ishingda yolg‘onu g‘alat.
Allohga qullik qil, ey sarkash inson,
Muhabbat toatni qiladi talab.

Ya’ni Allohga muhabbatli bo‘lish, U zotga itoat etishni vojib qilganidek, Rasulullohni yaxshi ko‘rish ham u zotning ko‘rsatmalariga ergashishni taqozo qiladi. Demak musulmon kishi doimo u zotning ko‘rsatmalari asosida yashaydi, insonchilik yuzasidan biror kamchilikka yo‘l qo‘yganda ham yana darhol u zotning ko‘rsatmalari asosida holatini isloh qilishga o‘tadi.

Paydo bo‘lgan masalalarni u zotning sunnatlariga asosan hal qilish

Mo‘minlar oralarida chiqqan kelishmovchiliklarda Rasulullohni hakam qilishlari lozimligini Alloh taoloning O‘zi buyurgan:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنْفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

“Yo‘q, Robbingga qasamki, seni o‘z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bo‘la olmaslar!” ("Niso" surasi, 65-oyat).

Shuning uchun ham sunnatlarga rioya qilish najot topishda Nuh alayhissalomning kemasiga o‘xshatilgan.

U zotni himoya qilish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilish u zotga bo‘lgan muhabbatning eng ulkan alomatlaridan hisoblanadi. Tarix kitoblarida sahobalarning u zotni dushman o‘qlaridan tanalari bilan to‘sganlari bayon qilingan. U zot vafotlaridan keyin esa dushmanlarning bo‘htonlaridan u zotning pok siyratlarini himoya qilish har bir musulmonga lozim bo‘ladi.

Demak har bir musulmon kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hamda u zotning ahli oilalari va sahobalarini payg‘ambarlardan keyingi insonlarning eng afzallari, deb e’tiqod qilib, ularni faqat yaxshi sifatlar bilan yodga olish lozim. Ular haqidagi turli bo‘htonlarni rad qilish lozim.

U zotning sunnatlarini himoya qilish

Rasulullohning sunnatlarini himoya qilish, deganda ularni yodlash hamda buzg‘unchi va johillarning noto‘g‘ri talqin qilishlariga qarshi kurashish tushuniladi.

U zotning sunnatlarini yoyish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini insonlarga ta’lim berib, ularning yoyilishiga xizmat qilish, u zotga bo‘lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zotning o‘zlari sunnatlarini aniqlik bilan yetkazganlarning haqlariga duo qilganlar:

عَن ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: نَضَّرَ اللهُ امْرَأً سَمِعَ مِنَّا شَيْئاً ، فَبَلَّغَهُ كَمَا سَمِعَهُ ، فَرُبَّ مُبَلَّغٍ أوْعَى مِنْ سَامِعٍ  رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Bizdan bir narsani eshitib, eshitganidek yetkazgan kishini Alloh ne’matlantirsin. Ehtimol xabar yetkazilgan kishi eshituvchidan ko‘ra fahmlovchiroqdir”, deyayotganlarini eshitdim”. Termiziy rivoyat qilgan.

Xulosa qilib aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va sunnatlarini muhabbat bilan o‘rganish hamda ular asosida hayot kechirishga urinishimiz u zot alayhissalomga bo‘lgan iymonimiz taqozosidir.

Olamlar Robbisiga hamdu sanolar, U zotning elchisi bo‘lgan sayyidul basharga salavot va salomlar bo‘lsin.

“Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi 
o‘qituvchisi Abdulqodir Abdur Rahim

Manba: Islaminstitut.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Sirdaryoda dahshatli qotillik sodir bo‘ldi

29 апрель куни норасмий никоҳдаги аёл рашк сабаб эрининг қонуний хотини ва унинг фарзандларига ҳужум қилган.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.