Muammolari hal bo‘lgan 55 nafar fuqaro Prezident nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi

Muammolari hal bo‘lgan 55 nafar fuqaro Prezident nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘i asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari I.Muslimov va B.Isakov tomonidan 2020 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 232 ta fuqarolar qabul qilindi. Bu haqda Oliysud Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Qabul qilingan fuqarolarning 120 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 72 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 29 tasi ma’muriy ishlar buyicha, 11 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi.

Shundan 79 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 153 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 232ta murojaatlardan 79 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 105 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.

95 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan nazorat tartibida xal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning 47 tasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xay’atlariga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

58 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

– jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan 9 ta, Yunusobod tuman sudi tomonidan 2 ta, Yashnobod tuman sudi tomonidan 2 ta, Sirg‘ali tuman sudi tomonidan 11 ta, Chilonzor tuman sudi tomonidan 4 ta, Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 1 ta, Shayxontohur tuman sudi tomonidan 6 ta, Uchtepa tuman sudi tomonidan 15 ta, Bektemir tuman sudi tomonidan 1 ta, jami 51 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;

– shuningdek, 7 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sayyor sud majlisida ko‘rildi, ularning arizasi qanoatlantirilib, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.

Mazkur ko‘rilgan ishlar sudlar tomonidan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Qabulda muammolari hal bo‘lgan 55 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!