Moskvada otishma va janjal uyushtirgan fuqarolar O‘zbekistondan ekanligi aytilmoqda (VIDEO)

Moskvada otishma va janjal uyushtirgan fuqarolar O‘zbekistondan ekanligi aytilmoqda (VIDEO)

Moskva yaqinidagi Aprelevkadagi turar-joy binosining hovlisida sodir bo‘lgan otishma va ommaviy mushtlashuvdan so‘ng, mojaroning to‘rtta ishtirokchisi hibsga olingan. Ularning barchasi bezorilik bo‘yicha hibsga olingan, dedi IIV viloyat shtabi matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova.

U mojaro qachon bo‘lganligi haqida batafsil ma’lumot bermagan. Guvohlar 18 iyulga o‘tar kechasi kafe yonida O‘zbekistonning 20 ga yaqin fuqarosi yig‘ilganini, ular qisqa tortishuvdan so‘ng butilkalar va tayoqlarni bir-biriga uloqtirib, havoga o‘q uza boshlashganini xabar qilishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari paydo bo‘lgunga qadar bezorilar g‘oyib bo‘lishdi.

Tintuv paytida hibsga olingan to‘rt kishidan bittasidan travmatik qurol olingan. Hozir polisiya xodimlari mojaroning boshqa ishtirokchilarini qidirmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!