Misrliklar 2500 yillik 80 ta sarkofaglar topishdi

Misrliklar 2500 yillik 80 ta sarkofaglar topishdi

Misrliklar Qohira janubida joylashgan Sakkara ulkan nekropolida 80 ta qadimiy tobutdan iborat yana bir noyob “xazina” topishdi deb yozadi “Daily Mail”.

Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi axborotiga ko‘ra, arxeologlar tomonidan aniqlangan topilmaning yoshi 2500 yilni tashkil etadi.

Sakkara maydoni Qohiraning janubida joylashgan. Joser pog‘onali piramidasini ham o‘z ichiga olgan ulkan dafn majmuasi Memfisning qadimiy poytaxti bo‘lib xizmat qilgan. Unga mashhur Giza piramidalari hamda Abu Sir, Daxshur va Abu Ruvayshdagi kichik piramidalar ham kiradi.

Memfis xarobalari 1970 yillarda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!