Mirziyoyev va Makron muzokaralar stoliga o‘tirdi (foto)

Mirziyoyev va Makron muzokaralar stoliga o‘tirdi (foto)

Avvalroq, Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
 
Elisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.




 
Muzokarada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
 
Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!