Mirziyoyev Alisher Usmonov haqida: «Dorisi chiqsa, xalqimga olib kelaman deyapti»

Mirziyoyev Alisher Usmonov haqida: «Dorisi chiqsa, xalqimga olib kelaman deyapti»

Prezident Shavkat Mirziyoyev milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam ko‘rsatayotganini e’tirof etdi.

Prezident «Mehr-shavqat va salomatlik» fondiga tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar tomonidan ezgulik yo‘lida katta miqdordagi mablag‘lar ixtiyoriy ravishda tushirib berilayotganini e’tirof etdi.

«Ko‘p vatandoshlar, homiylar yordam beryapti. O‘zbekiston farzandi Alisher Burhonovichga alohida rahmat aytmoqchiman. 20 million dollar o‘tkazib berdi.

Yangi O‘zbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta madad berib, yelkadosh bo‘lmoqda. Shu kunlarda o‘zlariyam O‘zbekistonda. Qaysi davlatda dorisi topilsa, o‘zim pulini to‘lab olib kelib beraman xalqim uchun deyaptilar. Xalqimiz nomidan minnadorchilik bildirmoqchiman.

Bunday insonlarimiz juda ko‘p. Navoiylik vatandoshimiz Moskvada ekan, elchixonaga 500 ming dollar naqd pul olib kelibdi. Xalqimga deb. Mana qanday farzandlarimiz bor», dedi Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektorda.

Bundan avvalroq, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratgani, bu mablag‘ Toshkent viloyatida qurilayotgan shifoxonalarni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun yo‘naltirilishi xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!