MILLIY GVARDIYa MAXSUS BATALYONI TOSHKENT VILOYATIDA "JANGARILARNI" QO‘LGA OLDI (VIDEO)

MILLIY GVARDIYa MAXSUS BATALYONI TOSHKENT VILOYATIDA "JANGARILARNI" QO‘LGA OLDI (VIDEO)

Toshkent viloyatidagi Chirchiq poligonida O‘zbekiston milliy gvardiyasi maxsus batalyoni tezkor guruhi tomonidan taktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Taktik guruh o‘quv mashg‘uloti davomida shartli dushman tomonidan joylashtirilgan qurollarni aniqlash va yo‘q qilish; terrorchilar guruhi tomonidan qo‘lga olingan ko‘p qavatli uylar aholisini qutqarish mashqlarini o‘tkazdilar. Dala mashg‘ulotlari jarayoni "O‘zbekiston 24" telekanali tomonidan videolavha shaklida namoyish etildi.

Mashqlar yakunida natijalar tahlil qilingani qayd etilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!