Migrantlarga oilalarini Rossiyaga olib o‘tish taqiqlanishi mumkin

Migrantlarga oilalarini Rossiyaga olib o‘tish taqiqlanishi mumkin


19 avgust kuni partiya yetakchisi Leonid Sluskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi Davlat Dumasiga mehnat muhojirlarining Rossiyaga o‘z oilalarini mehnat shartnomasi yoki patent asosida olib kelish huquqini cheklovchi qonun loyihasini kiritmoqchi.

Endi Rossiyadagi mehnat muhojirlarining oilalari mehnat shartnomasi asosida boquvchisini kuzatib borishi mumkin.

Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, amaldagi tartib nazoratsiz migrasiya oqimiga olib keladi. Qonun loyihasida mazkur qoidani bekor qilish taklif etilmoqda.

«Rossiyaga kelib, bunday oilalar ixcham anklavlarni tashkil qiladi va mahalliy aholiga nafrat bilan munosabatda bo‘ladi. Mehnat muhojirlarining oilalari ularni uyda kutishlari kerak», dedi LDPR rahbari Leonid Sluskiy.

Qayd etilishicha, yuqori malakali ishchilarning oilalari qoidadan istisno bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq LDPR deputatlari rus tilini bilmaydigan muhojirlarni Rossiyadan chiqarib yuborishni taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!