Messi Chempionlar ligasidagi alami haqida gapirdi

Messi Chempionlar ligasidagi alami haqida gapirdi

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Fransiyadagi ilk mavsumi haqida fikr bildirdi.

Futbolchi ichki chempionatda g‘alaba qozonganidan xursand bo‘lgani bilan birga, Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida turnirdan chiqib ketish alam qilgani haqida gapirdi.

"PSJ" bilan birinchi sovrinni qo‘lga kiritish men uchun juda katta ahamiyatga ega, biroq bizda "Real" Chempionlar ligasidan chiqarib yuborilganidan keyin ham achchiq alam bor, o‘sha yerda biz yaxshiroq edik", - dedi Messi ijtimoiy tarmoqlarida.

34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!