Mening o‘rnimga boshqasi tortadi!

Mening o‘rnimga boshqasi tortadi!

1883 yil o‘tkazilgan arqon tortish tajribasi qiziqarli natija berishi kerak edi. Arqonni tortuvchilar qanchalik ko‘paysa, har bir tortuvchi  sarf etayotgan quvvat ham kamayar va 8 kishida yuzda 50 foizga tushar edi. Fransuz agronomi Maks Ringelman uzoq vaqtlardan beri hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqatni ilmiy jihatdan asosladi: inson – tanbal.  Xususan, sezilmasligini bilgani zahoti yalqovlik qiladi.

Ringelman yigirma talabaning har biriga va guruhlar holida besh metr uzunlikdagi arqonni tortishlarini aytadi, arqonning boshqa tarafiga esa dinamometrga (quvvato‘lchagich) o‘rnatadi. Bu asbob tajriba uchun ajratilganlar sarflagan kuchni ko‘rsatar edi. Ipning uchidan ikki kishi tortganida ular sarflagan o‘rtacha quvvat bir kishi sarflaganining 93 foiziga teng edi. Uch kishida bu ko‘rsatkich 85 foizga, to‘rt kishida 77 ga tushardi. Bu tanballik xalqasi shu shaklda sakkiz kishilik guruhga har kishi o‘z kuchining faqat yarmini sarflagunga qadar davom etar edi. Psixologlar bu hodisani “Ringelman ta’rifi” deb ataydilar.

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!