Meksikada ommaviy qirg‘in sodir bo‘ldi

Meksikada ommaviy qirg‘in sodir bo‘ldi

 

 

Meksikaning Xalisko shtatida yuz bergan qurolli hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohat oldi, viloyat prokuraturasi tergov boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda «Milenio» gazetasi xabar berdi.

«Emiliano Sapata ko‘chasi yo‘lakchasida o‘qotar quroldan yaralangan 10 kishining murdasi topildi. Bundan tashqari, binoda ham bir yigitning jasadi chiqqan, aftidan, u voyaga yetmagan, u ham o‘qotar qurol yetkazgan jarohatdan vafot etgan», — deyiladi Xalisko shtati prokuraturasi saytidagi bayonotda.

Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, yana ikki kishi — ayol bilan bola o‘qotar quroldan jarohat olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shtat prokuraturasi qirg‘in bo‘yicha tergov harakatlarini boshlab yubordi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uchta avtomashinada qurollangan bir guruh odamlar yo‘l chetida spirtli ichimliklar iste’mol qilib olgan odamlarga qarata o‘t ochishgan, shundan keyin ular hujum joyidan qochib ketishgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda vertolyotlar ishtirokida harbiylar operasiya olib bormoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!