Meksika Ukrainaning iltimosini rad etdi

Meksika Ukrainaning iltimosini rad etdi

Meksika Ukraina iltimosiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishdan bosh tortdi, deb yozadi DW.

Eslatib o‘tamiz, Meksika rasmiylari mamlakatda yangi prezident Klaudiya Sheynbaumning inaugurasiyasi marosimiga o‘zi bilan diplomatik aloqada bo‘lgan barcha mamlakatlar vakillarini, jumaladan Rossiya prezidentini ham taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng, 8 avgust kuni Ukrainaning Meksikadagi elchixonasi, Meksika rasmiylaridan Putinni hibsga olishni so‘ragan maktubni e’lon qilgan.

"Biz buni qila olmaymiz. Bu bizga bog‘liq emas", — dedi Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador, Ukraina so‘roviga javoban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!