Mayk Tayson: «Makgregor hech qachon Habibni yenga olmaydi»

Mayk Tayson: «Makgregor hech qachon Habibni yenga olmaydi»

Boks bo‘yicha og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson UFC jangchilari Habib Nurmagomedov va Konor Makgregorning ehtimoliy revansh jangi haqida fikr bildirdi.

«Habib Konorni mag‘lub etdi-ku, to‘g‘rimi? Muxlislar revansh jangini ko‘rishni istamoqda. Ammo Konor baribir ham Habibni yenga olmaydi. U buni hech qachon qila olmaydi. Muxlislar esa revanshni ko‘rish uchun pul to‘lashga tayyor. Konor — daho shoumen. Buni tan olmaslikning ilojisi yo‘q» — deya Taysonning so‘zlarini keltiradi LowkickMMA.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!