Masjidga piyoz, sarimsoq piyoz yeb kelish to‘g‘rimi?

Masjidga piyoz, sarimsoq piyoz yeb kelish to‘g‘rimi?

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim piyoz, sarimsoq piyoz va yovvoyi piyoz yegan bo‘lsa, masjidimizga aslo yaqin kelmasin. Chunki odam bolalari ozor topadigan narsalardan farishtalar ham ozor topadilar», – dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«Kim sarimsoq piyoz yoki piyoz yegan bo‘lsa, bizdan chetda bo‘lsin yoki masjidimizdan chetda bo‘lsin, uyida o‘tirsin», – dedilar».

Yana boshqa rivoyatda esa:

«Kim ushbu sabzavotni yesa, uning hidi ketmaguncha, aslo masjidimizga yaqin kelmasin», – dedilar».

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Muslim va Nasoiy keltirgan rivoyatda:

«Umar roziyallohu anhu o‘z xutbalarida: «Ey odamlar! Sizlar ikki xil narsani yeysizlar. Men u ikkisini yaxshimas deb bilaman. U – piyoz va sarimsoq piyoz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi bir odamda ularning hidini topsalar, uni amr qilib, Baqi’ga chiqartirib yuborar edilar. Kim u ikkisini yemoqchi bo‘lsa, pishirib, o‘ldirib yesin», – dedilar».

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!