Mashhurlar uchrashuvi: Turkiyaning birinchi xonimi Bollivud yulduzi Amir Xon bilan uchrashdi (+foto)

Mashhurlar uchrashuvi: Turkiyaning birinchi xonimi Bollivud yulduzi Amir Xon bilan uchrashdi (+foto)

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘​g‘​onning rafiqasi Emine Erdo‘g‘on prezident qarorgohida hind aktyori Amir Xonni qabul qildi. Bu haqda India TVnews nashri xabar beradi.

Mazkur uchrashuv Hindistonning qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan hudud aholisiga suv yetkazib berishga asoslangan ijtimoiy loyihasidan xabardor etgan aktyor tashabbusiga binoan tashkil qilingan.

Mashhurlar uchrashuvi: Turkiyaning birinchi xonimi Bollivud yulduzi Amir Xon bilan uchrashdi (+foto)

Foto: Instagram / @emineerdogan

Uchrashuvda Amir Xon Emine Erdo‘g‘onning muhim ijtimoiy loyihalar hamda insonparvarlik yordamini amalga oshirishda faol ekanini ta’kidlagan. Emine esa o‘z navbatida filmlarida ijtimoiy muammolarni aks ettirayotgani uchun Amir Xonga minnatdorchilik bildirgan, deyiladi xabarda.

Mashhurlar uchrashuvi: Turkiyaning birinchi xonimi Bollivud yulduzi Amir Xon bilan uchrashdi (+foto)

Foto: Instagram / emineerdogan

«Hind kinosining dunyoga mashhur aktyori, rejissyor Amir Xon bilan Huber ko‘shkida suhbat qurdik. Uning Laal Sing Chaddha nomli so‘nggi filmining qolgan suratga olish ishlarini Turkiyada davom ettirishidan mamnun bo‘ldim», — degan birinchi xonim Instagram sahifasida.

Shuningdek, Emine aktyor filmlarda bolalarning shaxsiy qobiliyatlariga mos ravishda tarbiyalash va imkoniyati cheklangan bolalar haqidagi mavzularni ko‘tarishini e’tirof etib, yangi filmni intizorlik bilan kutishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!