Maqsuda Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Maqsuda Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev juda katta farq bilan g‘olib chiqqanini e’lon qildi. XDPdan ko‘rsatilgan nomzod 6,6 foiz bilan 2-o‘rinni egalladi», — dedi u partiya tashkil etgan brifingda.

U «saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olishini» aytdi. Maqsuda Vorisova «xalqning ushbu tanlovini hurmat qilishini va qadrlashini» ta’kidladi.

«Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi», — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!