Manba: Turkmaniston prezidenti o‘lmagan, Germaniyaga kasal onasidan xabar olgani ketgan

Manba: Turkmaniston prezidenti o‘lmagan, Germaniyaga kasal onasidan xabar olgani ketgan

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kasal onasidan xabar olgani ketgani sababli ommaga ko‘rinish bermayapti. Bu haqda mamlakat siyosiy doiralaridagi manba ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

«Prezident o‘lmagan, balki Germaniyaga onasidan xabar olish uchun uchib ketgan. Onaxon 10 kundan beri og‘ir holatda, to‘shakka mixlangan», — deya aniqlik kiritgan manba.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida «Govorit Moskva» Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.

Keyinroq Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy Ashxobod izoh berganicha yo‘q.

«Daryo» nashri Toshkentdagi Turkmaniston elchixonasi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, ammo rasmiy telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!