Manba: Ronaldu «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi

Manba: Ronaldu «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ECHLning 2-turidan o‘rin olgan «Barselona» bilan o‘yinni koronavirus sababli o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu yana bir koronavirus testidan o‘tgan va natija ijobiy chiqqan. Shunday qilib, futbolchi o‘zini izolyasiya qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni portugaliyalik hujumchining koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. 

«Yuventus» – «Barselona» bahsi bugun, 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!