Malayziyaning sobiq qiroli Moskva go‘zali bilan ajrashdi

Malayziyaning sobiq qiroli Moskva go‘zali bilan ajrashdi

Malayziya sobiq qiroli Muhammad V rossiyalik, “Miss Moskva-2015” go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina bilan ajrashdi. Bu haqda RIA Novosti New Straits Times gazetasiga asosan xabar qildi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, ajralish haqida hujjatlar Singapur sudiga 22 iyun kuni taqdim etilgan bo‘lib, hujjatlashtirish jarayoni 1 iyulda yakunlandi.

Nashr ajralish sababini ma’lum qilmagan, biroq internetda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, tomonlar shar’iy ravishda nikohini bekor qilishgan.

Muhammad V o‘zi esa bu xabarni tasdiqlamadi.

O‘tgan yil noyabr oyida Muhammad V va Oksan Voyevodina turmush qurishdi. Ungacha rossiyalik sohibjamol islom dinini qabul qildi va o‘ziga Rixana ismini oldi. To‘y marosimi Moskva viloyatidagi Luxury Village Barvixa konsert zalida o‘tkazildi.

Shu yilning yanvar oyida Muhammad V kutilmaganda taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati xukmdori maqomini saqlab qoldi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

Voyevodina Instragram sahifasida o‘g‘lini “Kelantan sultonligining shahzodasi va bo‘lajak Malayziyaning qiroli” deb atadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!