Malayziyada ommaviy zaharlanish kuzatildi. Qurbonlar ko‘p

Malayziyada ommaviy zaharlanish kuzatildi. Qurbonlar ko‘p

Bugun, 19 sentyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida alkogolm mahsulotlaridan zaharlanish kuzatildi. Rasmiylarning xabar berishicha, bu hodisadan kamida 21 kishi vafot etgan. O‘nlab odamlar shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning ko‘pi Osiyo mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan. Hozirda mahalliy polisiya tergov ishlarini boshlab yuborgan.
 
Malayziyada alkogol mahsulotlariga qo‘yiladigan soliq katta bo‘lgani sabab, qashshoq hamda migrantlar orasida arzon, qo‘lbola spirtli ichimliklar keng tarqalgan.
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Dzulkefli Ahmadning aytishicha, poytaxt Kuala-Lumpur va uning yondosh hududlarida jami 57 ta zaharlanish holati kuzatilgan. Hafta davomida bu raqam oshishi kutilmoqda.
 
Zaharlanganlarning 5 nafari malayziyalik, qolganlari esa Bangladesh, Indoneziya, Myanma va Nepaldan kelgan migrantlardan iborat.
 
Tekshiruv ishlari jadal ketmoqda. Zaharlanishga asosiy sabab sifatida alkogolga qo‘shiladigan metanol moddasining me’yordan ortiq ishlatilgani ko‘rsatilmoqda.
 
Hozirga qadar yetti kishi aybdor sifatida ushlangan.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!