Makgregor Nurmagomedovning jangiga kelishi mumkin

Makgregor Nurmagomedovning jangiga kelishi mumkin

Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor 7 sentyabrda, Abu-Dabidagi oktagonda rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jangiga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda UFC prezidenti Deyn Uayt ma’lum qildi.

“Oxirgi vaqt ichida Konor pozisiyasida hech narsa o‘zgarmadi: u Habib bilan revansh jangini xohlamoqda. Biroq biz Habibning sentyabrdagi jangni kutishimiz kerak... Konor Abu-Dabidagi jangga kelishi mumkin. Ehtimol u Habib jangida bo‘ladi”, - dedi Uayt.

UFC rahbari fikriga ko‘ra, Konorning BAAda paydo bo‘lishi muammo bo‘lmaydi.

O‘tgan yil kuzda Nurmagomedov Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi. Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, to‘rtinchi raungda g‘alaba qozondi.

UFC amaldagi chempion kelgusi jangini amerikalik Dastin Porye bilan o‘tkazadi. Jang shu yil sentyabr oyida o‘tkazilishi kerak.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!