«Makgregor Habibga ko‘rsatib qo‘yadi». Jeyms Gallaxer yil jangi bo‘yicha munosabat bildirdi

«Makgregor Habibga ko‘rsatib qo‘yadi». Jeyms Gallaxer yil jangi bo‘yicha munosabat bildirdi

Jangchi Konor Makgregorning jamoadoshi Jeyms Gallaxer irlandiyalikning rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi bahsi arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Konorning ichida olov yonmoqda. Uzoq vaqt mobaynida shohsupada bo‘lsang, motivasiyani qayta tiklash uchun biroz dam olish talab etiladi. Mening fikrimcha, Makgregor bu yerda kim xo‘jayin ekanini Habibga ko‘rsatib qo‘yadi va uni o‘z o‘rniga qo‘yadi», - deya sportchining so‘zlarini keltiradi MMAFighting.

Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirgandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!