Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

O‘zbekistonliklar orasida ham ommalashgan Mail.ru pochta servisi mijozlar uchun o‘z akkauntlariga kirishning yangi usullarini joriy etmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

Kompaniya matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Mail.ru parol o‘rniga bir martalik kodlarni qo‘llamoqchi. Bu kodlar foydalanuvchilariga har gal pochtaga kirayotganida SMS-xabar yoki push-bildirishnoma orqali yuboriladi.

Mail.ru’ning ta’kidlashicha, bunday avtorizasiya ayni o‘sha so‘rov vaqtida shakllantiriladigan betakror koddan foydalanishni nazarda tutadi. Bunday kodni bir lahzadayoq hech kim taxminlar asosida terib topa olmaydi, oldindan bilolmaydi. Ushbu kod bir martalik bo‘lib, cheklangan vaqt mobaynidagina amal qiladi. Avtorizasiyaning bunday usuli xavfsizlik nuqtai nazaridan ishonchliroq, bundan tashqari qulayroq ham hisoblanadi.

Kelajakda kompaniya parolsiz elektron pochta qutilarini yaratishni yoki avvaldan mavjudlarida parolni qo‘llashdan voz kechishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, avtorizasiyaning qo‘shimcha usullari ham joriy etiladi – ularda, masalan, barmoq izi yoki qiyofa skaneri singari biometrik ma’lumotlar orqali akkauntga kirish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!