Mahrum qiluvchi hajbga uchraydigan ayol merosxo‘rlar

Mahrum qiluvchi hajbga uchraydigan ayol merosxo‘rlar

1. Mayyitning onasi har qanday holatda uning ota yoki ona tomonidan bo‘lgan momosini hajb qiladi.

2. Mayyitning o‘g‘li mayyitning bir yoki bir nechta qiz nabiralarini hajb qiladi. Shuningdek, mayyitning ikki yoki undan ortiq qizi bo‘lsa ham uning qiz nabiralarni hajb qiladi.

Biroq, agar orada bu qiz nabiralarni asaba qiluvchi kishi bor bo‘lsa, ular hajb bo‘lmaydilar.

3. Mayyitning otasi hamda boshqa erkak zurriyotlari – o‘g‘li, o‘g‘il nevarasi, o‘g‘il chevarasi mayyitning tug‘ishgan (ota bir, ona bir) opa-singillarini hajb qiladi.

4. Mayyitning boshqa bilan birga asaba bo‘lgan bitta ota bir, ona bir singlisi, mayyitning ikkita ota bir, ona bir singlisi, mayyitning otasi hamda erkak zurriyotlari mayyitning ota bir singlisini  hajb qiladi.

Biroq, agar orada ota bir singilni asaba qiluvchi kishi bor bo‘lsa, o‘sha singil hajb bo‘lmaydi.

5. Yuqorida zikr qilingan barcha qarindoshlar mayyitning ona bir singlisini hajb qiladilar.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!