M-34 “trassa”sining 96-kilometridagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

M-34 “trassa”sining 96-kilometridagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Sirdaryo tumanida 19 oktyabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan, D.H. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini “Xazina” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 96-km.da haydab ketayotib o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan R.SH. boshqaruvidagi “Libero” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi D.H. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Manba: 7news. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!