Lukashenko tunda alkogol sotishni man etish cheklovini bekor qilish bo‘yicha buyruq berdi

Lukashenko tunda alkogol sotishni man etish cheklovini bekor qilish bo‘yicha buyruq berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir sutka ichida soat 23-00 dan 7-00 gacha spirtli ichimliklarni sotishni man etish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Bu cheklovlar tajriba tariqasida Minskda va tumanlarda 1 oktyabrdan joriy etilgandi.

Bundan avval Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi 2018 yil 1 oktyabrdan bir yil muddatga tunda alkogol, piva, tarkibida alkogol kam bo‘lgan ichimliklarni sotish bo‘yicha cheklovlarni joriy etgandi. Xususan, rejaga ko‘ra, tunda alkogol ichimliklarni chakana savdosini faqat umumiy ovqatlanish joylarida mumkin edi.

Shahar hukumati bu qarorni “sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, ichkilikbozlikka qarshi kurash” deya tushuntirish berdi.

“Prezident, unga taqdim etilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, bu uylanmagan qarorni bir sutka ichida bekor qilish haqida topshiriq berdi”, - deyilgan administrasiya bayonotida.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!