Lukashenko Tokioda birorta ham medal olmagan sportchilarga Belorussiyaga qaytmaslikni tavsiya qildi

Lukashenko Tokioda birorta ham medal olmagan sportchilarga Belorussiyaga qaytmaslikni tavsiya qildi

Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko Tokiodagi Yozgi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etayotgan va hali biror medalni qo‘lga kiritmagan mamlakat sportchilariga murojaat qildi. BelTA uning ogohlantirishi haqida xabar beradi.

"U yerga borishdan oldin bosh murabbiylar, maslahatchilar, mutaxassislar sifatida o‘ylab ko‘rishingiz kerakmidi? Chunki u yerga sayyoh sifatida boradigan bo‘lsangiz va hech narsasiz qaytsangiz, u holda mamlakatga qaytmaganingiz ma’qul. Men buni sizga jamoat tashkilotining rahbari emas, balki mamlakat prezidenti sifatida aytyapman", - deya iqtibos keltiradi manba.

Avvalroq, Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakati sportchilarini ochko‘zlik va siyosiy qarashlari uchun tanqid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!