Lukashenko Putin bilan "kelishib" yashashga va’da berdi

Lukashenko Putin bilan "kelishib" yashashga va’da berdi

Belorusda saylovdan keyingi davr tinch bo‘ladi. Bu hozirgi saylov kampaniyasida beshinchi marta qayta saylanishga urinayotgan Prezident Aleksandr Lukashenkoning va’dasidir.

"Ertadan boshlab mamlakat betartiblik yoki fuqarolar urushiga aylanadi, deb aytish uchun hech qanday sabab yo‘q", dedi u o‘zi ovoz bergan saylov uchastkasi yaqinida OAV vakillari bilan suhbatda.

Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar xotirjamlikka berilishmaydi: "Bizning barcha tuzilmalarimiz va maxsus xizmatlarimiz alohida rejimga o‘tdi. U g‘arazli kimsalar mamlakatda hech narsa rejalashtirmaydi" deb ogohlantirgan va "vaziyat nazoratdan chiqmasligiga" kafolat bergan.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, saylov kuni chegarachilar 200 ga yaqin shubhali chet yelliklarni qo‘lga olishgan. “Yarim soat oldin chegara qo‘mitasidan bir xabar kelib tushdi: biz 170 kishini kiritishdan bosh tortdik. Yoki vizalari soxta, yoki ular nima bilan ketayotganlarini tushuntirib bera olishmagan», dedi u.

Prezidentning asosiy raqibi, muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya provokasiyalardan qo‘rqib, boshqa joyda tunashga majbur bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi. Biroq Lukashenko jurnalistlarga hukumat uning raqiblariga qarshi "qatag‘onlar" qilmaganini va qilmoqchi ham emasligini aytdi.

Shuningdek, agar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Lukashenko Moskva bilan normal munosabatlarni o‘rnatishga va’da berdi va xalqni "Rossiya bilan munosabatlarimiz yomonlashgan" deb o‘ylab, yanglishmaslikka chaqirdi. Belorus rahbari Putinga telefon orqali "Biz bir xil qayiqdamiz", deya aytganini ham ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!