Lukashenko: "Koronavirus kasallik emas, siyosat"

Lukashenko: "Koronavirus kasallik emas, siyosat"

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus pandemiyasini "kasallikdan ham ko‘proq boshqa narsa" deb atadi. Bu haqda 29 may, juma kuni Belnovosti.by xabar bermoqda.

“Men hanuzgacha bitta prinsipga amal qilaman: koronavirus kasallik emas. Balki, yarmi kasallikdir, balki undan kamroq", — dedi Lukashenko Minsk traktor zavodiga tashrifi paytida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni aytarkan.

Koronavirus kasallikdan ko‘ra ko‘proq siyosiy o‘yin, 2020 yil esa "siyosat yili"dir. “Odamlar ahmoq. Bu hozirgi davrning o‘ziga xosligi va murakkabligi”, — dedi Belarus prezidenti.

Avvalroq, Lukashenko G‘arbning boy mamlakatlarida ishsizlik haqida e’lon qilgandi. "Xudoga shukur, biz bunday qilmadik, yopmadik", — dedi davlat rahbari ishlab chiqarishni to‘xtatmaslik to‘g‘risidagi qarorning to‘g‘riligini ta’kidlab.

Belarusda koronavirus bilan kurashish uchun qat’iy karantin cheklovlari kiritilmagan. Lukashenko buni iqtisodiy sabablar bilan izohladi va bir necha bor pandemiya atrofidagi vaziyatni ortiqcha vahima deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!