Lukashenko hibsga olingan ruslar borasida bir qarorga keldi

Lukashenko hibsga olingan ruslar borasida bir qarorga keldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hibsga olingan ba’zi rus fuqarolarini Kiyevga topshirishga rozi bo‘ldi. "Kommersant" xabariga ko‘ra, bu haqda xabar bergan ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon intervyu paytida Belarus rahbari unga bu qaror haqida ma’lum qilganini aytdi.

Gordonning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko "Belorus qonunlariga muvofiq, aybdorlarni Rossiya va Ukrainaga topshirish uchun barcha ishlarni amalga oshiradigan prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga "yashil chiroq" berilishini va’da qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hibsga olingan ruslarni ekstradisiya qilish imkoniyatlarini muhokama qilishgani haqida xabar berilgan edi. Belorus rahbarining portali Lukashenko "Rossiya va Ukraina bilan imzolangan shartnomalar doirasida hamkorlik qilishni" va’da qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!