Lukashenko Yevro-2024 o‘yinlarini Belarusda translyasiya qilinishgia ruxsat berdi

Lukashenko Yevro-2024 o‘yinlarini Belarusda translyasiya qilinishgia ruxsat berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko UYEFA roziligisiz 2024 yilgi Yevropa chempionati o‘yinlarini mamlakatda translyasiya qilishga ruxsat berdi.

Sanksiyalar tufayli Belarus Yevro-2024 o‘yinlarini ko‘rsatish uchun televideniye huquqini qo‘lga kirita olmadi. Vaziyatni inobatga olgan holda, Lukashenko mamlakat fuqarolari "jahon madaniyati yutuqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi" kerakligini tushuntirib, turnir o‘yinlarini ko‘rsatishga ruxsat berdi.

Evropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Kubokni so‘nggi qit’a futbol forumi finalida Angliyani mag‘lub etgan Italiya terma jamoasi himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!