Livanda portlash: butun ma’muriyat qamoqqa olindi, qurbonlar oshdi

Livanda portlash: butun ma’muriyat qamoqqa olindi, qurbonlar oshdi

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari maslahatchisi Reda Musaviyning aytishicha, hozirgi paytda Bayrutda yuz bergan portlash qurbonlari sifatida 113 kishi ro‘yxatga olingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar zarar ko‘rgan hududlarda ishlashni davom ettirmoqda va halok bo‘lganlar hamda yaradorlarni vayronalar orasidan olib chiqishmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 mingdan ortiq odam jabrlangan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Mamlakatda motam va favqulodda holat e’lon qilindi.

Shu orada, Bayrut porti ma’muriyatining barcha vakili portlashning aniq javobgarlari topilmaguncha uy qamog‘iga olindi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni kechqurun Bayrut portida kuchli portlash bo‘lib, u shahar ma’muriy okrugi binolarining yarmiga zarar yetkazgan. Livan rasmiylarining ta’kidlashicha, portda 2,750 tonna ammiakli selitra xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda portlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!