Livanda giperinflyasiya boshlandi. Ahvol og‘ir...

Livanda giperinflyasiya boshlandi. Ahvol og‘ir...

Oziq-ovqat va xizmatlar narxlarining tez ko‘tarilishi Livanda giperinflyasiyani keltirib chiqardi va mamlakat Yaqin Sharqdagi bunday hodisaga duch kelgan birinchi davlat bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Qayd etish joiz, giperinflyasiya mamlakatda inflyasiya 50 foizdan oshganda va 30 kundan ortiq davom etganda ro‘y beradi.

Jon Xopkins universitetining amaliy iqtisodiyot bo‘yicha professori Stiv Xankenining ma’lum qilishicha, Livan so‘nggi yillarda giperinflyasiya kuzatilayotgan Venesuela va Zimbabve kabi mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan.

"Inflyasiyaning asosiy sabablari har doim bir xil, hukumat topganidan ko‘ra ko‘proq pul sarflaydi va markaziy bankni pul tanqisligini moliyalashtirishga chaqiradi. Giperinflyasiya holatida esa markaziy banklar hukumatning barcha moliyaviy operasiyalari uchun pul to‘lashlari shart", deydi Xanke.

Livanning Credit Libanais banki ma’lumotiga ko‘ra, may oyida oziq-ovqat va kiyim-kechak narxlari o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 190 va 172 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livan yevro obligasiyalar bo‘yicha defolt e’lon qilgani, mamlakat bosh vaziri esa davlat qarzlarni to‘lashga qodir emasligini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!