La-Mansh bo‘ylab olti oy ichida rekord miqdordagi muhojirlar suzib o‘tdi

La-Mansh bo‘ylab olti oy ichida rekord miqdordagi muhojirlar suzib o‘tdi

Joriy yilning dastlabki olti oyida Buyuk Britaniyaga La-Mansh bo‘ylab kichik qayiqlar orqali rekord darajadagi boshpana izlovchilar yetib keldi.

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni to‘rtta qayiqda 257 kishi dengizni kesib o‘tgan va yil davomida vaqtinchalik jami 12,901 kishiga etgan. Bu o‘tgan yilning shu vaqtida kelganlarga nisbatan 17 foizga ko‘p.

Buyuk Britaniya hukumatining boshpana izlovchilarni Sharqiy Afrikaga yuborish rejasi hali amalga oshmadi. Hozircha bu sxema bo‘yicha hech kim deportasiya qilinmagan. Ikki boshpana izlovchi, ixtiyoriy ravishda Buyuk Britaniyadan Ruandaga ketishdi.

Vazirlar, agar konservatorlar bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ruanda sxemasini davom ettirishini va’da berdilar. Leyboristlar uni bekor qilishga va pulni polisiya faoliyatini moliyalashtirish uchun ishlatishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!